Ziroat Mirziyoyeva Buxoro maktablariga chuchuk suv olib bordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxoro viloyatining Romitan va Shofirkon tumanlaridagi maktablarga tashrif buyurib, “Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena” loyihasining natijalari bilan tanishdi hamda o‘quvchilar bilan suvdan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyenaning sog‘lom turmush uchun ahamiyati haqida suhbatlashdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ziroat Mirziyoyeva boshchiligidagi mehmonlar o‘quvchilarni ekologiya mavzusiga qiziqtirish uchun “Zamin Eco education” o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazgan. Tadbir davomida “aqlli sug‘orish” tizimi namoyish etilgan.

Shuningdek, tashrif davomida havo harorati va namlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar o‘quvchilarga tanishtirilgan. Ushbu tanishuv orqali maktab o‘quvchilariga suvni tejash naqadar muhimligi tushuntirilgan.

Loyihaning navbatdagi bosqichi uchun Buxoro viloyatidagi yana 15 ta maktab tanlab olingan. Loyiha BMT Bolalar fondi (UNICEF), “O‘zsuvta’minot” AJ, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda viloyatning 16 ta maktabida quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva onasi va turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov bilan birga norin tayyorlayotgan rasmini e’lon qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing