Bir yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Polshada ushlandi
3-sahifa
−
02 avgust 2022
12650O‘zbekistonda zo‘rlashda ayblanib, interpol orqali qidiruvga berilgan fuqaro Polshadan mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning avgust oyidan beri huquq-tartibot idoralari tomonidan zo‘rlashda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.N. Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida Varshavadan Toshkentga ekstraditsiya qilingan.
IIV xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida ayblanuvchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan. Mart oyida esa polshalik hamkorlar tomonidan M.N. mamlakat hududiga kirganligi haqida xabar kelgan.
Shundan so‘ng, Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qo‘lga olish borasida sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan va protsessual hujjatlar bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan, buning natijasida M.N. ushlangan.
Ekstraditsiya talabi qanoatlantirilgandan so‘ng, qonunbuzar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga qaytarilgan.
LiveBarchasi