Bir yilda qurilish bo‘yicha 22 trillion so‘mga yaqin elektron tender o‘tkazildi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
2703Bir yil ichida qurilish sohasida boshlang‘ich qiymati 21,83 trln so‘mlik 12 mingdan ortiq ob’ekt bo‘yicha elektron tender o‘tkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Davron Miliyev ma’lum qildi.
Shuningdek, davlat dasturlari bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 14,3 trln so‘mlik 8467 ta ob’ekt bo‘yicha inson omilisiz savdolar o‘tkazildi. Natijada davlat dasturlari doirasida jami 698,8 mlrd so‘m iqtisod qilingan.
Ma’lumot uchun, elektron tenderlar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son qarori bilan joriy etilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi