Bir vazirlik ikkiga bo‘lindi va ularga vazirlar ma’qullandi

Jamiyat

image

2021 yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tashkil qilingan Turizm va sport vazirligi bugun, 18 fevral kuni ikkiga — Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligiga ajratildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –Turizm va  meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. 

Shundan so‘ng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adxam Ikramov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Adham Ikromov ma’lum vaqt Bosh vazir o‘rinbosari – Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan faoliyat yuritgan. 2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlangan. 2016 yilda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lgan.

2011 yilda Prezident farmoni bilan Adham Ikromov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (mamlakat iqtisodiyoti va madaniy taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi) bilan, 2018 yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni (Iqtisodiyot va madaniyatni yuksaltirish, xalq farovonligini yuksaltirish, O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga xizmat qilgan ulkan mehnat xizmatlari) bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Turizm va sport vazirligi tuzilgan, vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov tayinlangan edi. Endilikda mazkur vazirlik negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tuzilmoqda. 

2021 yilga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti sifatida faoliyat yuritgan tuzilma o‘tgan yili yangi tuzilgan vazirlik tizimiga o‘tkazilib, Madaniy meros agentligi sifatida qayta tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing