Bir sutkada qariyb 500 kishida pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 6 avgust kuni O‘zbekistonda 497 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda pnevmoniyaga chalingan jami bemorlar soni 14028 nafarga yetgan. Shulardan eng ko‘pi Toshkent shahrida (5835 ta) qayd etilgan. Poytaxtdan keyingi o‘rinda Toshkent (2444) va Jizzax (1272) viloyatlari bormoqda.

Kecha, 6 avgust kuni ularning 562 nafari sog‘ayib, umumiy davolanib chiqqanlar soni 6608 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 93 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyulidan O‘zbekistonda koronavirus holatlari bilan bir qatorda, pnevmoniyaga chalingan bemorlar statistikasi ham yuritila boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing