Bir paytlar chiroyli futbol o‘ynab, 2 ta Jahon chempionatidan quruq qolganmiz – Otabek Shukurov
Sport
−
16 Oktabr
7441Jahon chempionati sarlashi 3-bosqich 4-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-BAA o‘yini yakunlangach, uchrashuvdagi yagona gol muallifi Otabek Shukurov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Barcha o‘yinlarimizda bosh murabbiyning yo‘qligi jamoaga ta’sir qiladi. Eron bilan oxirgi o‘yinlardagi natijarimizga e’tibor berish kerak. BAA bilan Eron ikki xil jamoa. Oxirgi paytlarda jurnalistlar tomonidan bizga nisbatan ko‘p negativ bo‘lyapti, lekin bilingki biz natija uchun o‘ynaymiz, faqat chiroyli futbol uchun maydonga tushmaymiz. Men bir paytlar terma jamoada chiroyli futbol o‘ynab, 2 ta Jahon chempionatidan mosuvo bo‘lganman. Shuning uchun hozirgi natijamizni qadrlashingizni so‘rayman”, deydi Shukurov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ortda qolgan 4 ta turdan keyin “A” guruhida 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 4-turda Qatarni 4:1 hisobida mag‘lub etgan Eron ham 10 ochko to‘plagan. To‘plar nisbatining yaxshiroqligi evaziga forslar kvartetda yetakchilik qilmoqda.
LiveBarchasi