Bir nechta “zamministr”lar ham sodiq xizmati uchun taqdirlandi
Jamiyat
−
25 avgust
8361O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Majidovich Ahmedov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Jo‘raboyevich A’loyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayev hamda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ibroximovich Norqulov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Shuningdek, ushbu medal bilan Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori Jamshid Abduburxonovich Qurbonov ham taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sport vaziri, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri , Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Energetika vaziri va bir qancha hokimlar ham taqdirlangandi.
LiveBarchasi