Bir kunda to‘rtinchisi. Denovda ham hokim o‘zgardi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
12256Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tayinlovga qadar Abdumalik Allamuradov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Abdumalik Allamuradov 1977 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 yanvar kuni Angren shahri va Nurota tumaniga yangi hokim tayinlandi. Angrenning sobiq hokimi esa Toshkent viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
LiveBarchasi