Bir kunda 531 qoidabuzar piyodaga jarima belgilandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari kompleks tahlil qilinganda, har ikki yo‘l-transport hodisalarining biri piyodani urib yuborish holatiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda viloyat IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida piyodalar ishtirokida 213 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Baxtsiz hodisalar qariyb 50 foiz holatda aynan piyodaning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lgan. 34 ta yo‘l-transport hodisasida piyoda mast holatda bo‘lgan.

Shu holatlarni hisobga olgan holda Toshkent viloyati hududida bir kunlik “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda asosiy e’tibor qoidabuzar piyodalarga qaratildi, kun davomida viloyat YPX inspektorlari tomonidan piyodalarga nisbatan 531 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga ko‘ra, qoidabuzarlik qayd etgan 531 fuqaroga nisbatan 35 million 883 ming 210 so‘m jarima belgilandi.

Piyodalar ishtirokidagi qoidabuzarlik hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p qoidabuzar piyodalar Bekobod tumani (51 ta)da qayd etildi. Shuningdek, Nurafshon shahri (48 ta), Chirchiq shahri (39 ta), Bo‘stonliq tumani (32 ta) va Angren shahri (28 ta)da ham harakat qoidalariga rioya qilmagan piyodalar nisbatan ko‘p aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent viloyati Jarima

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing