Bir qancha davlat idoralarining mas’ullari javobgarlikka tortiladi – BP
Jamiyat
−
23 Sentabr 2022
12914“O‘zarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “Boshplan LITI” korxonasi va boshqa idoralar mas’ul shaxslari arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgani uchun javobgarlikka tortiladi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda. Bosh prokuratura o‘rganishlari davomida foydalanuvchilar tomonidan ob’ektlardan noto‘g‘ri foydalanish va zarar yetkazish holatlari mavjudligi aniqlangan.
Jumladan, o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta ob’ektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgan.
“Masalan, davlat muhofazasiga olingan Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta, Fanlar akademiyasiga 49 ta yoki Transport universitetiga 98 ta konditsioner o‘rnatilgan”, deyiladi prokuratura xabarida.
Yana 25 ta ob’ektdan foydalanayotgan davlat idoralariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborilgan.
Shu bilan birga, nazorat tadbirlari davomida 21 ta ob’ektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan bartaraf etilgan.
“O‘zarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “Boshplan LITI” korxonasi va boshqa idoralar mas’ul shaxslarining javobgarlik masalasi hal etilgan.
Ma’lumot uchun, moddiy-malaniy meroslarga zarar yetkazish:
• fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha);
• mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 million 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi