Bir qancha hokimlar ham taqdirlandi
Jamiyat
−
24 avgust
15910O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Ko‘shoqboyevich Abdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Toirovich Mirzayev hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov va Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovich Rahimov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
“Do‘stlik” ordeni bilan esa Navoiy viloyati hokimi Normat To‘lkinovich Tursunov va Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Parsamatovich Xolbo‘tayev taqdirlandi.
Bundan tashqari, “Shuhrat” medali bilan ham bir nechta hokimlar mukofotlandi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Jo‘rayevich Abdullayev, Namangan viloyatining Uychi tumani hokimi Shuhrat Mirsodiqovich Musayev hamda Andijon viloyatining Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Abdinabiyevna Nosirova shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va Sport vaziri ham taqdirlangandi.