Biatlon federatsiyasiga rais tayinlandi
Jamiyat
−
16 mart 2022 8108 1 daqiqa
Mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodirjon Tursunov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Qodirjon Tursunovga o‘rinbosar etib, “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Abdusamatov saylangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.
Live
Barchasi