Beyl Yevro-2020 dan so‘ng futboldan ketishi mumkin
Sport
−
05 iyun 2021
3204Uelslik futbol yulduzi Garet Beyl shu yozda o‘tkaziladigan Yevro-2020 yakuniga yetgach, faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan. Bu haqida Ispaniyaning mashhur “Marca” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, transfer huquqi “Real”ga tegishli bo‘lgan Garet Beyl kelasi mavsum futbol o‘ynashni xohlamayapti. “Real” Zidanning o‘rniga Anchelottini olib kelganiga qaramay, futbolchi Madridga qaytishni istamagan. Vaholanki, Beylning eng “gullagan davri” aynan “Papa Karlo” davriga to‘g‘ri keladi.
Yangi mavsum boshida futbolchi Madridga qaytishi kerak, biroq klub uning ketish haqidagi qarori jiddiy bo‘lgan taqdirda, unga to‘sqinlik qila olmaydi. Bundan tashqari, ular shu bahona Beylning bir yillik yirik maoshini (22 million yevro) tejab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl o‘tgan mavsumni Londonning “Tottenhem” klubida ijarada o‘tkazdi.
Abdulla Mannonov
LiveBarchasi