Beyl tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Garet Beyl Uels terma jamoasining 1958 yildan buyon Jahon chempionatidagi ilk golini urdi. Forvard "B" guruhida AQSH terma jamoasi bilan 1-tur bahsida penaltidan to‘p kiritdi. 

Uchrashuv Al-Rayyon shahrida, “Ahmad bin Ali” stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Uels 1958 yildan beri Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etmagan.

"B" guruhidagi yana bir uchrashuvda Angliya terma jamoasi Eronni 6:2 hisobida mag‘lub etib, guruhda peshqadamga aylanib oldi.

Guruh bosqichining 2-turida AQSH terma jamoasi 25 noyabr kuni Angliyaga qarshi maydonga tushsa, Uels terma jamoasi Eron bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 18 dekabrga qadar davom etadi. Turnirda 32 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mundialning amaldagi g‘olibi 2018 yilgi final o‘yinida Xorvatiyani mag‘lub etgan Fransiya terma jamoasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Beyl Uels

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing