Betxovenning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Madaniyat-san’at

image

Tarixda o‘zining klassitsizm va romantizm janridagi musiqalari bilan nom qoldirgan nemis bastakori Lyudvig van Betxoven haqidagi yangi tadqiqotlar u nima uchun 20 yoshida kar bo‘lib qolgani va o‘limiga sabab bo‘lgan omillarga aniqlik kiritdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bastakor ayni navqiron – 20 yoshida eshitish qobiliyatini yo‘qotishdan tashqari, umri davomida oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekkan, ikki marta sariq kasal xurujini boshdan kechirgan va og‘ir jigar xastaligiga chalingan.

Betxoven 56 yoshida jigar va buyrak kasalliklaridan vafot etgan, deb ishoniladi. Ammo uning ko‘plab sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolariga nima sabab bo‘lgani shu kungacha jumboq edi.

Xalqaro tadqiqotchilar jamoasi qariyb o‘n yil oldin Betxovenning soch o‘rimlari yordamida uning o‘limi sababini o‘rganishni boshladi. 2023 yil mart oyida e’lon qilingan hisobotda Betxovenning o‘limidan oldin jigar kasalligi va gepatit B infeksiyasi genetik xavf omili qayd etilgandi. Ammo natijalar uning 20 yoshida boshlangan karligining asosiy sabablari yoki oshqozon-ichak muammolari haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Joriy yilning 6 may kuni “Clinical Chemistry” jurnalida chop etilgan yangi hisobotga ko‘ra, ijodkorning soch o‘rimlari tarkibida qo‘rg‘oshinning yuqori konsentratsiyasidan tashqari, mishyak va simob aniqlangan.

2007 yilda Vena tibbiyot universiteti sud tibbiyoti markazi direktorining iste’fodagi o‘rinbosari Kristian Reyter Betxovenga tegishli uzun sochlar namunasini o‘rganib, unda qo‘rg‘oshin miqdori yuqori ekanligini aniqlagan va qo‘rg‘oshin bastakorning kar bo‘lishiga va uning o‘limiga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Tadqiqot mualliflari qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish Betxovenning o‘limi yoki karligi uchun yagona sabab bo‘lolmasligini ta’kidlagan. Ammo zaharlanish uning kar bo‘lib qolishi, mushaklar falajligi va buyrak yetishmovchiligini boshdan kechirishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Betxoven

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar