Beterbiyev Bivolga qarshi revansh jangiga rozi bo‘ldi

Sport

image

Yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Artur Beterbiyev Dmitriy Bivol bilan revansh jangi o‘tkazlishiga rozi. Bu haqda Beterbiyev “Ushataika” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, kim yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozondi. Agar tashkilotchilarga qiziq bo‘lsa, Bivol bilan revansh o‘tkazishga qarshi emasman. Lekin jang o‘tkazilganiga bir necha kuni bo‘ldi, hali revansh haqida bosh qotirishga biroz erta, ammo biz hali yana jang qilamiz”, deydi Beterbiyev.

Qayd etish joiz, 13 oktyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomining asosiy jangida Beterbiyev Bivolni hakamlarning qarori bilan mag‘lub etib, o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylanib, barcha kamarlarni birlashtirdi.

Ma’lumot uchun, 25 yildan buyon Beterbiyev qilgan ishni hech qaysi bokschi uddalay olmay kelayotgandi. Oxirgi marta 1995 yilda Roy Jons yarim og‘ir vaznda barcha kamarlarni qo‘lga kiritishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing