Besoqolbozlar himoyachisi Miraziz Bozorovga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Jamiyat
−
21 yanvar 2022
32078O‘zbekistonda LGBT faoliyatini targ‘ib qilishga urinib, besoqolbozlarni har juma Hazrati Imom majmuasi oldiga to‘planish va huquqlarini talab qilishga chaqirgan Miraziz Bozorovga sud hukmi bilan uch yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bugun, 21 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi Miraziz Bozorov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi raisi S. Sodiqov raisligida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra M. Bazarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mazkur hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat berishlari yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
LiveBarchasi