Besh yildan beri qidirilayotgan shaxs “prava” olishga kelganda ushlandi
3-sahifa
−
08 sentabr 2021 15800 1 daqiqa
Joriy yilning 6 sentyabr kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan 4-tumanlararo ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limiga haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilib kelgan fuqaro qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1974 yilda tug‘ilgan V.K.ning ma’lumotlari maxsus markazlashgan dastur orqali tekshirilganda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 166-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2016 yil sentyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.
Bo‘limda xizmat olib borayotgan DYHXX xodimlari A.Toshpo‘latov va S.Avazov tomonidan qidiruvdagi fuqaro V.K. ushlanib tuman IIBga topshirilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28