“Besh” baho olgan o‘quvchilarga pul to‘lanishi mumkin

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasida a’lo baho olgan o‘quvchilarga pul to‘lash taklif qilindi. Bu haqda "Lenta.ru" xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus "Yangi odamlar" partiyasi deputati Anna Skroznikova tomonidan berilgan. U "besh" baho olgan o‘quvchilarga to‘lov to‘lash to‘g‘risidagi murojaatini Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga yuborgan. Deputat o‘quv samardorligini oshirish uchun a’lo bahoga o‘qigan o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish kerakligini aytgan. Skroznikovaga ko‘ra, yuqori o‘quv faoliyatiga ega o‘rta maktab o‘quvchilariga "Pushkin kartasi"ga mablag‘ o‘tkazish orqali mukofotlash tajribasini o‘tkazish zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib, kaftini kuydirgandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya o'quvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing