Beruniy tumanida salkam 900 mln so‘mlik mineral o‘g‘it talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
4864Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda jamiyatning Beruniy tumani filiali mansabdor shaxslari mansab mavqeyini suiiste’mol qilgani aniqlangan.
“Markaziy” mineral o‘g‘itlari tarqatish shoxobchasiga kirim qilinib, o‘zlariga ishonib topshirilgan, qiymati 872,4 mln so‘mlik 446,9 tonna mineral o‘g‘itlarini o‘z manfaatlariga ishlatib, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi