Berlindagi ko‘chaga Navalniyning nomi berilishi mumkin 

Olam

image

45 mingdan ortiq kishi rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining Rossiya Bosh konsulligi va rossiyalik diplomatlarning turar-joy binolari joylashgan qismiga uning nomini berish haqidagi petitsiyani imzoladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

“Biz qonuniy talab qilinadigan besh yilni kutmasdan, hozir ko‘cha nomini o‘zgartirishga chaqiramiz. Aleksey Navalniyning beqiyos qurbonligini zudlik bilan e’tirof etish butun dunyo bo‘ylab minglab boshqa siyosiy mahbuslar taqdiriga e’tiborni qaratish uchun zarur”, deyiladi 19 fevral kuni boshlangan petitsiyada.

Kecha, 6 mart kuni bu ko‘chada o‘nlab odamlar miting o‘tkazdi. Faollar Navalniy ko‘chasi belgisini, shuningdek, rossiyalik siyosatchi Vladimir Kara-Murza, Rossiyada 7,5 yilga qamalgan Ingushetiyadagi Qatag‘on qurbonlari yodgorlik majmuasi direktorining sobiq o‘rinbosari Zarifa Sautiyeva, terakt sodir etishga urinish va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlashda ayblanayotgan mariupollik 25 yoshli ukrain ayoli Irina Navalnaya haqidagi ma’lumotlar yozilgan bannerlar o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda zaharlanishdan omon qolgan siyosatchi Aleksey Navalniy joriy yilning 16 fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan “Qutb bo‘risi” maxsus rejimli koloniyasida noaniq sharoitda vafot etdi. Navalniyning tarafdorlari uning o‘ldirilganini da’vo qilib, uning o‘limi sabablarini tekshirishga va’da berdi.

Navalniyning jasadi 24 fevral kuni onasi Lyudmila Ivanovnaga topshirildi. Bungacha ayol Tergov qo‘mitasi Navalniyning dafn marosimini ommadan yashirin o‘tkazishga rozi bo‘lishini talab qilgan ultimatum qo‘yganidan shikoyat qilgan. Lyudmila Navalnaya bu talabni bajarishdan bosh tortdi.

Navalniyning dafn marosimi 1 mart kuni Moskvadagi Borisov qabristonida bo‘lib o‘tdi. Siyosatchi bilan xayrlashish uchun o‘n minglab odamlar keldi. Gul qo‘yish va Navalniy bilan xayrlashish uchun navbatlar dafn marosimidan keyingi kunlarda ham davom etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Berlin Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing