Berlindagi elchixona derazalari ostidan rus diplomatining o‘ligi topildi
Olam
−
05 noyabr 2021
8496Rossiyalik diplomatning jasadi mamlakatning Berlindagi elchixonasining konsullik bo‘limi binosi yonidan topildi. Bu haqda Germaniyaning “Spiegel” nashri huquq-tartibot idoralariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni ertalab soat 7:20 atrofida Berlin politsiyasi qo‘riqchilari elchixona oldidagi piyodalar yo‘lagida jonsiz yotgan inson jasadini topishgan.
Shuningdek, 35 yoshli erkak 2019 yilning yozida Berlindagi elchixonaning ikkinchi kotibi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgani ma’lum qilingan. U binoning yuqori qavatidan qulab tushgan degan taxmin ilgari surilmoqda.
Germaniya nashri marhum Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqadorligini aniqlagan. Diplomatning jasadi, allaqachon, Rossiyaga yetkazilgan.
O‘z navbatida, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi voqea haqida bilishlarini aytgan, biroq shaxsiy ma’lumotlar himoyalangani sabab, tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan.
“Bu borada shuni aytishim mumkinki, TIV bu voqeadan xabardor. Marhum va uning yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida boshqa tafsilotlarni ayta olmayman”, deydi TIV matbuot kotibi Kristofer Burger.
LiveBarchasi