Berlinda radikallar bilan to‘qnashuvda 60 dan ortiq politsiya xodimi jarohatlandi (video)

Olam

image

Germaniya poytaxti Berlinning Fridrixsxayn rayonida so‘l qanot radikallari bilan to‘qnashuvlar paytida 60 nafar politsiyachi turli darajadagi tan jarohati oldi. Bu haqda kecha, 16 iyun kuni DPA agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, g‘alayonlar Rigayer-shtrasse ko‘chasida boshlangan. U yerda turli xil radikal so‘l uyushmalar vakillari yashaydigan tashlandiq ko‘p qavatli uylar bor. Bir necha yillardan beri rasmiylar ularni ko‘chirishga harakat qilmoqda, ammo har doim radikallarning qarshiliklariga duch kelyapti.

Bugun, 17 iyun kuni Berlinning tezkor maxsus kuchlari yong‘in xavfsizligini tekshirish uchun Rigayer-shtrasse ko‘chasidagi uylarga kirmoqchi bo‘lyapti. Uy egalari shahar hokimiyati vakillarini uyga kiritmoqchi emas va ko‘chani yonayotgan shinalar va tikanli simlar bilan to‘sib tashlagan. Mahalliy aholi joyga yetib kelgan maxsus kuchlar va politsiyachilarga tosh hamda shisha idishlar otib, ularga qarshilik ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing