Berlin Turkiyaga qurol yetkazib berishni davom ettiradi
Olam
−
20 Oktabr
4870Germaniya kansleri Olaf Shols va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyaga Yevropa qurollarini yetkazib berishni davom ettirish tarafdori ekanligini bildirdi. Bu haqda ular kecha, 19 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Turkiya NATO a’zosi va shuning uchun biz qurollarni aniq yetkazib berishga olib keladigan qarorlar qabul qilishda davom etamiz”, degan Shols.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Anqarani Yevropa qurollarini xarid qilishdan manfaatdor ekanligini aytgan.
“Biz nihoyat mudofaa mahsulotlarini xarid qilishda duch kelgan muammolarni ortda qoldirib, hamkorlikni kengaytirmoqchimiz”, dedi Turkiya rahbari.
Xususan, suhbat Turkiya olishni kutayotgan Yevropada ishlab chiqarilgan Eurofighter qiruvchi samolyotlariga qaratilgan. “Dpa” agentligi ta’kidlaganidek, Germaniya ham samolyotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun ularni yetkazib berishda rasmiy Berlinning roziligi talab qilinadi.
Shols, Buyuk Britaniyaning Anqara bilan bu borada muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Ayni paytda Yevropa davlatlaridan tashqari, Eurofighters Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Ummon armiyalarida xizmat qilmoqda.
2019 yilda Turkiya qo‘shinlari Suriya shimoliga hujum boshlaganida Germaniyadan Turkiyaga qurol yetkazib berish sezilarli darajada kamaydi. Mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli u yerga qurol eksport qilish joizligi haqidagi bahslar ham davom etmoqda.
Biroq “Der Spiegel” jurnali xabar qilganidek, 2024 yilning sentyabr oyida Turkiyaga kamida 236 million yevrolik nemis qurollari, jumladan, zenit-raketa va torpedalar eksporti ma’qullangan.
LiveBarchasi