Berdimuhamedov Norboyeva bilan ham uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashning muhim qismiga aylangani ta’kidlandi. O‘zbekiston Oliy Majlisi va Turkmaniston Milliy Kengashi huzurida tashkil etilgan parlamentlararo do‘stlik guruhlarining faoliyati alohida qayd etildi.

Joriy yil may oyida Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi parlamentlararo forumi va Ayollar muloqoti doirasidagi birinchi yig‘ilish yakunlari yuqori baholandi. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni implementatsiya qilish borasida tajriba almashish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar birodar ikki mamlakat va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, Serdar Berdimuhamedov ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan. Ayni paytda u Samarqandga jo‘nab ketdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing