Berbok Ukrainaga yordamni qisqartirishga qarshi chiqdi
Olam
−
13 yanvar
2429Berlin Kiyevga qurol yetkazib berish uchun ajratiladigan mablag‘ni sezilarli darajada kamaytirmasligi kerak. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok kecha, 12 yanvar kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Suriya bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi.
Berbok o‘tgan yili Germaniya hukumati bu maqsad uchun qariyb 7 milliard yevro ajratganini va hozir bu mablag‘ning faqat yarmini taqdim etganini ta’kidlagan.
“Bu Ukrainaning o‘zini himoya qilish qobiliyatining pasayishini anglatadi”, deya ta’kidlagan u.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga ko‘proq yordam berishda davom etish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Mudofaa vaziri Boris Pistorius 23 fevralga belgilangan Bundestag saylovlari oldidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun rejalashtirilgan miqdordan 3 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratmoqchi bo‘lgani, biroq bunga Federal kansler Olaf Shols idorasi to‘sqinlik qilayotgani haqida xabar berilgandi. Reja yanvar oyi boshida kansler Kiyevga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlamasligini norasmiy ravishda bildirganidan so‘ng to‘xtab qolgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar