Benzin oshganidan dodlagan o‘zbekistonliklar qariyb 300 mlrdlik avtoraqam sotib oldi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yil davomida o‘zbekistonliklar qariyb 300 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlarini auksion savdolar orqali sotib olgan. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

2021 yil yakunlariga ko‘ra, birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqam shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha 21 foizga o‘sgan.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qilgan.

“Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi – ikkinchi, 13 foizi – uchinchi, 9 foizi – to‘rtinchi,  9 foizi – beshinchi va 10 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqam Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48 foiz) Samarqand va Farg‘ona (8 foizdan), Namangan va Andijon (6 foizdan) hamda Buxoro (5 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing