Benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi, narx esa...
Jamiyat
−
23 mart 2022
10156Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 foizga oshgan.
Bundan tashqari, 2022 yilning dastlabki ikki oyida 878,6 ming tonna ko‘mir, 118,3 ming tonna neft va 230 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan.
Statqo‘mga ko‘ra, fevral oyida benzin narxi yanvar oyiga nisbatan 3,1 foizga arzonlashgan.
LiveBarchasi