Benzema “Seltik”ga qarshi o‘yinda qatnashmasligi mumkin
Sport
−
01 noyabr 2022
2124"Real" hujumchisi Karim Benzema Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida "Seltik"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hujumchi jamoaning dushanba kungi mashg‘ulotlarida qatnashmagan, shuning uchun murabbiylar shtabi futbolchiga Shotlandiya klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushishga ruxsat bermasligi ehtimoli bor.
Avvalroq, "Oltin to‘p" sohibi chap oyog‘idan jarohat olgani ma’lum bo‘lgandi.
Joriy mavsumda Benzema "Real" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi