Benzema “Real” futbolchisining 28 yillik natijasini takrorladi

Sport

image

6 aprelga o‘tar kechasi “Kamp Nou”da Ispaniya kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvida “Real” “Barselona”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Karim Benzema bahsda xet-trik qayd etdi va Vinisiusning goliga assistentlik qildi.

Oxirgi martda chililik Ivan Zamorano “Real” safida “Klassiko”da uchta gol urgandi. Bu voqea 1995 yilning 7 yanvarida “Santiago Bernabeu”dagi o‘yinda sodir bo‘lgan.

Zamoranogacha Ferens Pushkash 1963 yil 27 yanvarda “Kamp Nou”da “Klassiko”da xet-trik qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” oxirgi 9 yil ichida ilk bor Ispaniya kubogi finaliga chiqdi. Jamoa so‘nggi marta 2013/2014 yilgi mavsumda kubok finaliga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema “Barselona” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing