Benzema hamon “Lion”ga foyda keltirmoqda

Sport

image

"Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi tufayli uning sobiq jamoasi "Lion" 1 million yevro foyda ko‘rdi. Bu haqda "L’Equipe" nashrida xabar berildi.

Benzemaning 2009 yilda "Real" bilan imzolagan shartnomasidagi bandga ko‘ra, agarda u "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa, "qirollik klubi" Fransiya klubiga 1 million yevro to‘lashi kerak.

O‘tgan mavsumda hujumchi "Real" bilan Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Fransiyalik hujumchi har ikki turnirda ham eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Eslatib o‘tamiz. "Transfermarkt" portali 34 yoshli hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing