Benni Gans Netanyaxu hukumatini tark etdi

Olam

image

Isroilda muxolifat yetakchilaridan biri Benni Gans iste’foga chiqishini, Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning  harbiy kabinetini tark etishini e’lon qildi. Bu haqda u kecha, 9 iyun kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Netanyaxu bizni haqiqiy g‘alabaga oldinga siljishimizga to‘sqinlik qilmoqda”, degan Gans.

Siyosatchi hukumatni tark etish qarorini "qiyin va og‘riqli" deb atadi. Binyamin Netanyaxuning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Gansga ko‘ra, u sakkiz oy avval, harbiy kabinetdagi vazirlik lavozimini tark etayotganining sababi mamlakatdagi vaziyat va qaror qabul qilish xonasi o‘zgarganidir. 

Shu bilan birga, Gans Netanyaxuni G‘azo sektori uchun urushdan keyingi strategiyani ishlab chiqish zaruratidan shaxsiy siyosiy manfaatlarini ustun qo‘yganlikda aybladi.

"Taqdiriy strategik qarorlar siyosiy sabablarga ko‘ra qat’iyatsizlik va kechikishlar bilan qabul qilinadi", deb ta’kidladi muxolifatchi siyosatchi.

U Bosh vazirni yaqin oylarda saylov o‘tkazishga chaqirdi.

"Men Netanyaxuga murojaat qilaman: saylovlar uchun kelishilgan sanani belgilang", deydi Gans.

May oyi o‘rtalarida Benni Gans Netanyaxuga ultimatum qo‘yib, agar mamlakat Bosh vaziri 8 iyungacha G‘azo sektorida urushdan keyingi vaziyatni tartibga solish rejasini taqdim qilmasa, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan. 

O‘z navbatida, 8 iyun kuni Binyamin Netanyaxu Benni Gansni urush kabinetida ishlashni davom ettirishga  chaqirdi. 

“Hozir bo‘linish emas, birdamlik vaqti”, deb yozdi Isroil Bosh vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Benni Gants Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing