Beninda prezident almashdi
Olam
−
15 aprel 1412 1 daqiqa
Beninda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida sobiq moliya vaziri Romuald Vadani g‘alaba qozondi. Bu haqda “24heures” xabar berdi.
U amaldagi prezident Patris Talonning yaqin hamkori va vorisi hisoblanadi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, byulletenlarning 90 foizi sanalgach, u 94,05 foiz ovoz to‘plagan.
Uning yagona raqibi, sobiq madaniyat vaziri Pol Unkpe 5,95% ovoz bilan mag‘lubiyatni tan oldi va g‘olibni tabrikladi. Saylovlarda ishtirok darajasi 58,75 foizni tashkil etdi.
49 yoshli Vadani Fransiyada tahsil olgan, keyinchalik Deloitte kompaniyasida ishlagan va 2012 yilda hamkor darajasiga yetgan. U Afrikaning bir qator davlatlarida kompaniya faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullangan. 2016 yildan boshlab Benin iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida ishlagan hamda xususiy sektorni rivojlantirish siyosatini ilgari surgan.
U prezidentlikka hukmron partiya tomonidan 2025 yil avgustida nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 2025 yil dekabrida mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish ham kuzatilgan, biroq u muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Vaziyat nazorat ostiga olingach, mintaqaviy tashkilotlar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun harbiy kuchlar yuborilgan.
Benin G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat bo‘lib, siyosiy tizimi prezidentlik respublikasi hisoblanadi. So‘nggi saylov natijalari mamlakatda hokimiyat almashinuvi demokratik yo‘l bilan amalga oshirilganini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peru qonun chiqaruvchilari 83 yoshli parlament raisi Xose Mariya Balkasarni mamlakatning vaqtincha prezidenti etib saylangandi.
Live
Barchasi