Bemorlar va bolalar o‘qimasin! Farg‘onada dahshatli jinoyat sodir etildi

3-sahifa

image

Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini qasddan o‘ldirib, uning boshini uzib olgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov buni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 64 yoshli erkak avvaliga o‘z kelini bilan janjallashib qolib, uni urgan. Kelinning hushidan ketganidan foydalanib, avtomashinasida qo‘shni tumandagi adirlikka olib borgan va shu yerda hushsiz kelinining boshini tiriklayin pichoq bilan tanasidan ajratib olgan. 

So‘ng qaynota kelinining jonsiz tanasini o‘sha yerdagi axlatxonaga tashlab yuboradi va kelinining uzib olingan boshini o‘zi yashaydigan tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining hududiga yashirgan.

Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va unga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5410

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing