Bellingem Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
28 fevral 1645 1 daqiqa
“Real Madrid” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilmaslik xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda “MatchDay Central” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi navbatdagi jiddiy jarohat sabab safdan chiqqan. Bu holat uning milliy jamoa safidagi ishtirokini shubha ostiga qo‘ymoqda. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel iyun-iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun Bellingemni tarkibga kiritmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis Jahon chempionatiga futbolchining nomi va maqomidan qat’i nazar, faqat optimal jismoniy holatdagi o‘yinchilarni olib borishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Bellingem “Real Madrid” safida barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bellingem mavsum boshida yelkasidan olgan jarohat sabab 1 oy muddat uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Hozirda ham jarohat sabab jamoasiga yordam berolmayapti.
Live
Barchasi