Bellingem Ronalduning rekordini yangilay olmadi

Sport

image

Kecha, 17 sentyabr kuni “Real Madrid” va “Real Sosedad” o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Madridliklar raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Qirollik klubi” yarim himoyachisi Jud Bellingem Madrid klubidagi dastlabki o‘yinlarida gol urish bo‘yicha portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning natijasini yangilay olmadi. Shu kungacha ingliz futbolchisi “Real Madrid”ning Ispaniya chempionatidagi 4 ta o‘yinida ham gol urgandi. 2009 yilda Ronaldu va 1960 yilda Pepillo “Real”dagi dastlabki 4 ta o‘yinida gol urgan.

“Real Sosedad” bilan o‘yinda madridliklar safida hujumchi Xoselu va yarim himoyachi Federiko Valverde gol urdi.

Besh turdan so‘ng “qaymoqranglilar” 15 ochko to‘plab, Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Real Madrid Real Sos'edad Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing