Belgraddagi ko‘chaga Toshkent nomi berildi
Jamiyat
−
19:34 407 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad ko‘chalaridan biriga Toshkent nomini berish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yetakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini ta’kidlagan.


Toshkent ko‘chasi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzolagani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Belgrad shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Live
Barchasi