Beldersoy Resort & SPA: toğdagi yangi premial kurort qanday tuzilgan?
Biznes
−
10:17 753 5 daqiqa
Beldersoy Resort & SPA kurorti Hyatt jahon standartlarini özida aks ettiriş barobarida, özbek madaniyati, hunarmandçiligi va pazandaçilik an’analariga ehtirom orqali milliy öziga xoslikni saqlab qoladi.
2026 yilning iyul oyida Beldersoy Resort & SPA – Destination by Hyatt brendining Markaziy Osiyodagi ilk loyihasining oçilişi bölib ötdi. Destination by Hyatt kolleksiyasi an’anaviy tarmoqli mehmonxonalardan “manzil ruhiyati” konsepsiyasi bilan ajralib turadi. Har bir ob’ekt Hyatt standartlariga muvofiq bölişi bilan birga, mahalliy arxitektura, pazandaçilik va madaniyat orqali öz xarakterini ham namoyon etadi.
Toğ manzarasi namoyon xona
Asosiy binodagi me’moriy yeçim tabiat bilan çambarças boğliqlik ğoyasiga tayanadi. Dahlizlar bir tomonga çiqarilgan, natijada barça xonalardan toğ manzarasi bor böy-basti bilan namoyon böladi. Yaşaş uçun şinamgina standart, keng lyuks yoki közdan pana ikki qavatli, öz oşxonasiga, terrasa va alohida basseyniga ega villani tanlaş mumkin.

Bezatişda tabiiy yoğoç, nodir ildizdan noyob tabiiy suratli şpon, Italiya va Turkiya marmari işlatilgan. Burçakda joylaşgan lyukslarda toğ manzarasi hatto vannaxonadan ham körinib turadi: katta deraza çömiliş paytida ham gözal manzaradan zavqlaniş imkonini beradi.
Mualliflik taomlari
Kurortning pazandaçilik xaritasi uçun dunyoning eng yaxşi mehmonxonalari – Marriott, Ritz-Carlton va Four Seasons’da iş tajribasiga ega baynalmilal boş oşpazlar jamoasi javob beradi. Ular öz gastronomik konsepsiyalarini 3 ta restoranda röyobga çiqarganlar, ularning har biri öz xarakteriga ega.
Nafis – kurortning asosiy restorani, u dunyodagi turli millatlar taomlarini taklif qiladi. Boş oşpaz Nihit Varges onasining oilaviy retseptiga köra tayyorlaydigan maşhur Butter Chicken e’tiborga molik. Sous uçun Özbekiston pomidorlari işlatiladi – ular, çuqur ta’m va baxmalsimon yuzaga ega bölişi uçun, 4 soatdan oşiq dimlanadi. Taom xuddi Hindistonning özida tayyorlangandek autentik bölib çiqadi.

Soma – bu Özbekiston toğlarining bağrida Örta Yer dengizi taomlariga sevgi izhoridir. Muassasa konsepsiyasi nihoyatda barra dengiz mahsulotlari va sohil böyi restoranlarining yengil, musaffo estetikasiga asoslanadi. Masalliqlar bu yerga Fransiya, Gretsiya va Ispaniyaning eng yaxşi baliq ovlaş mintaqalaridan keltiriladi.
Fire and Ice – oltinçi qavatdagi, toğning maftunkor manzarasiga uyğun steykxaus. Oşxonaga JARdan kelgan boş oşpaz – Şeyn Born rahbarlik qiladi. Muassasaning asosiy ixtisosligi esa – premial göşt va oçiq olov texnikasi. Menyuda dunyoning eng yaxşi lahmlari taqdim etilgan – Kagoshima yapon vagyusi (marmarlik 9–10), Avstraliyaning Carrara vagyusi, amerikança pikanya, Argentina mol göşti.
.png)
Osmon – dor yölining eng yuqori nuqtasida joylaşgan baland toğ restorani. Bu yerga jöşqin kun davomida tamaddi uçun, qaynoq qahva yordamida qonni yuriştirib oliş uçun yoki quyoşning Tyan-Şan ortiga botişini kuzatib romantik oqşomni ötkaziş uçun keliş birdek yoqimli.
Uç qavatli Wellness & SPA majmuasi
Re:thalasso wellness-majmuasi uç qavatli alohida binoda joylaşgan. Uning falsafasining asosida talassoterapiya, ya’ni dengiz kuçi bilan soğlomlaştiriş yotadi. Uning boş tamoyili sodda: dengiz organizm uçun zaruriy deyarli barça minerallar va mikroelementlar – magniy, kaliy, kalsiy, yod, ruxga ega.

Talassoterapiyaning ahamiyati kompleks samarada aks etadi. Öraş va vannalar tanani ortiqça suyuqliklar va toksinlardan xalos qilişga yordam beradi, qon aylanişini va moddalar almaşinuvini yaxşilaydi, muşaklardagi zöriqişni yöqotadi, suyaklar holatini yaxşilab, teriga taranglik va yorqinlikni qaytaradi. Asab tizimi uçun ham ahamiyati kam emas: muolajalar çuqur orom beradi, stressni oladi va uyquni yaxşilaydi. Talassoterapiya kursini dengizdagi tölaqonli dam olişga tenglaştirişlari bejiz emas. Beldersoy’da bu tajriba toğda, dengiz sohilidan minglab çaqirim narida taqdim etiladi.
Parvarişlaş muolajalari uçun kurort ikkita fransuz brendi: dunyoga maşhur La Sultane de Saba va innovatsion Eau Minérale kosmetikasidan foydalanadi. Klassik massaj va parvarişdan taşqari, spa-menyuda Özbekistonda kam uçraydigan muolajalar mavjud:
- Icoone – italyança apparatli massaj, u minglab mikroteşikli roliklar yordamida töqimalarni samarali rağbatlantiradi. Muolaja limfodrenajni işga soladi, salqişlarni kamaytiradi, tana va yuz terisini tortadi, teriga taranglikni qaytaradi.
- Ölik dengiz effektli magniyli basseyn. Minerallarga boy suv muşaklarni yumşatadi va qayta tiklanişda yordam beradi, tana esa suv yuzasida qalqib turadi.
Hammom majmuasi parvariş muolajalariga ajoyib qöşimça böladi. Tuzli hammomda va dengiz suvli saunada terini mayin qizdiriş mumkin. Oltoydan keltirilgan qora arça payrahalari va tabiiy piçanli xuşböy rus hammomi esa tabiatga çuqur singişni ta’minlaydi. Dam olişni akva-hududda davom ettiriş mumkin. Beldersoy Resort & SPAda u ikki formatni birlaştiradi: oçiq infiniti-basseyn va ikkita panoramali derazalar ortidagi yopiq basseyn.
.png)
Har bir detalda san’at
Kurortning taşrif qoğozi san’at sanaladi. Mahalliy mualliflar qalamiga mansub suratlar va haykallar orqali Beldersoy Resort & SPA mehmonlarni özbekona öziga xoslik, köp asrlik meros va toğ manzaralarining gözalligi bilan taniştiradi. Ekspozitsiyada 23 nafar iqtidorlik mahalliy musavvirlar va hunarmandlar tomonidan yaratilgan 200 dan ortiq art-ob’ektlar asliyati jamlangan.
Beldersoy Resort & SPA – oilaviy va individual dam oliş uçun har mavsumga mos kurort. Qişda bu yerda çanği va snoubordlarda uçadilar, yozda yayov va velosipedda sayr qiladilar. Hozirda majmua toğ-çanği mavsumi oçilişiga faol tayyorlanmoqda va dor yöli allaqaçon sinov rejimida işga tuşirildi. Bu quş parvozi balandligidan hayratlanarli toğ manzaralarini birinçi bölib tomoşa qilişning ajoyib imkoniyatidir.

Quyidagi raqam orqali xonani bronlab, Destination by Hyatt xalqaro brendining kolleksiyasida Özbekistonning öziga xosligi qanday aks etganligini baholaş mumkin: +998 55 555 11 11.
Kontaktlar
Telegram | Instagram | Facebook
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi27 Oktyabr