Belarusning Gaagadagi elchixonasiga hujum qilindi (video)

Jamiyat

image

Belarusning Gaaga elchixonasiga noma’lum shaxslar hujum qildi. Bu haqda Belarus diplomatik vakolatxonasi xabar berdi.

Keltirilishicha, hodisa joriy yilning 1 iyulidan 2 iyuliga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Hujum paytida noma’lum shaxslar Gaagadagi diplomatik missiya binosining bir nechta oynalarini tosh bilan sindirib ketgan. Binoning devorlariga “Yashasin, Belarus! Luka – terrorchi” deb yozib ketilgan.

Politsiya 31 yoshli erkakni gumonlanuvchi sifatida hibsga olgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Niderlandiya parlamentining a’zosi, deputat Serd Serdsma holatga izoh berib, odamlarni Belarus, Rossiya yoki boshqa mamlakatlar rejimlaridan qanchalik haqqoniy ravishda g‘azablansa ham Belarusdagi elchixonalarga hujum qilmaslikka chaqirgan. Uning fikricha, bunday harakatlar chet eldagi niderlandiyalik diplomatlarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing