Belarusdagi o‘zbekistonlik taniqli diplomat koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image
“Sakkiz kishilik xonada – “Achavot”daman go‘yo”. Mirza Azizovning Zangiota shifoxonasidan norozi bo‘lib yozgan maktubi e’lon qilindi north_east

“Sakkiz kishilik xonada – “Achavot”daman go‘yo”. Mirza Azizovning Zangiota shifoxonasidan norozi bo‘lib yozgan maktubi e’lon qilindi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori Doniyor Obidov koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev “Hurriyat” gazetasida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi.

“Shu oyning ilk kunlarida Belarusdan xabar keldi. Minskdagi O‘zbekiston elchixonasida ishlab turgan do‘stimiz, ukamiz, siyosiy fanlar doktori Doniyor Obidov koronavirus tufayli vafot etibdi”, deb yozgan Shuhrat Rizayev.

O‘zbek diplomatining o‘limi haqidagi xabar Belarusdagi “Zvyazda” nashriyot uyi direktori Ales Karlyukevich tomonidan yuborilgan.

O‘zbekistonning vakolatli idoralari taniqli diplomatning vafoti haqida xabar bergani yo‘q. O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi rasmiy saytida ko‘rsatilgan ma’lumotga ko‘ra, Doniyor Obidov hamon siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Diplomat va olim sifatida hurmat qozongan Doniyor Obidov O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasidagi turli sohadagi hamkorlik, xususan, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yo‘lida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Belarusdagi “Zvyazda” nashriyot uyi ikki davlatning madaniy-gumanitar aloqalari ravnaqiga katta hissa qo‘shgan marhum diplomat Doniyor Obidov xotirasini abadiylashtirish, jumladan, Minskdagi ko‘cha yoki maktablardan biriga uning nomini berishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Obidov

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar