Belarusda yadroviy qurollar paydo bo‘lgach, qo‘shnilar “qanotlarini tushirdi” – Lukashenko

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakat hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollari paydo bo‘lishi bilanoq, uning "hayratda qolgan qo‘shnilari qanotlarini tushirganini” aytdi. Bu haqda u kecha, 19 yanvar kuni “Beldji” korxonasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Lukashenko respublika xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan Rossiya bilan hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

“Belarusda yadro quroli paydo bo‘lishi bilan hayratda qolgan qo‘shnilarimiz va boshqalar qanotlarini tushirdi. Nafaqat meni, balki yangi avlod siyosatchilarini ham yadro qurolidan foydalanish haqida o‘ylashdan Xudo asrasin. Bu dahshatli qurol”, deydi Lukashenko.

Shuningdek, u kompaniya xodimlarining savollariga javob berar ekan, Rossiya Federatsiyasidan olingan “Iskander” operativ-taktik raketa komplekslaridan qanday foydalanish haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Iskander”dan faqat davlat rahbari, Mudofaa vaziri va Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘ining roziligi bilan foydalanish mumkin. Bu haqda tegishli farmon ham imzolangan.

"Tinchlik qimmat turadi. Buning uchun pul to‘lash kerak. Lekin tashvishlanmang. Biz, xalqimiz va davlatimiz hech qachon hozirgidek himoyalangan bo‘lmaganmiz. Tizim qurilgan, Qurolli Kuchlar, safarbarlik rezervi, hududiy mudofaa, xalq militsiyasi... Hammasi qurilgan. Hozirda hammasi yetarli", deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil bahorida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarusda Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini saqlash ombori qurilishi yakunlanayotganini ma’lum qilgan edi. 25 may kuni esa ikki davlat Mudofaa vazirlari uni joylashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, yadro quroli ustidan nazorat Moskvada qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yadroviy qurol Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing