Belarusda rossiyalik jangchilar qo‘lga olindi. Lukashenko xavotirda

Olam

image

Kecha, 29 iyul kuni Belarusda Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 33 nafar jangchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Belta” davlat axborot agentligi xabar tarqatdi.

Belars huquq-tartibot organlari saylov vaqtida 200 dan ortiq “vagnerchilar” mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun kelganini o‘rgangan.

Ular Minskka 25 iyulda kelgan. Ikki kun mehmonxonada turib, keyin shahar chetidagi sanatoriyga joylashgan. O‘sha yerda Davlat xavfsizligi qo‘mitasi va Minsk OMON bo‘linmasi ularning 32 nafarini qo‘lga olgan. 33-jangchi Belarus janubida ushlangan.

Nashr qo‘lga olingan rossiyaliklarning ismi, tug‘ilgan yilini e’lon qilgan. Ba’zi ismlar “Vagner” XHKning OAVda e’lon qilingan ro‘yxatlarida keltirilgan.

Belarus DXQ rahbari Valeriy Vakulchik qo‘lga olinganlar “vagnerchilar” ekanini tasdiqlagan.

RFning Minskdagi elchixonasiga Belarus TIVning konsullik bo‘limidan 32 nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida ogohlantirish kelgan.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko esa zudlik bilan Xavfsizlik kengashini to‘pladi. U yig‘ilishda qo‘lga olingan rossiyaliklar masalasini muhokama qildi. DXQ rahbariga holatni batafsil o‘rganishni topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

625

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing