Belarusda namoyishlarning 100-kuni 

Olam

image

Bugun, 16 noyabr kuni Minskda belaruslik nafaqaxo‘rlar ruxsatsiz yana bir norozilik namoyishini o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, “Nafaqaxo‘rlar yurishi” deb nomlangan norozilik namoyishi an’anaviy ravishda har dushanba kuni Minskning markaziy Mustaqillik xiyoboni bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Ko‘plab nafaqaxo‘rlar muxolifat ramzi hisoblangan oq-qizil-oq rangdagi bayroqlar va lentalarni olib yurishgani hamda hukumatga qarshi shiorlar kuylashgani aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugun joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Belarus Prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko g‘alabasiga qarshi boshlangan namoyishlarning 100-kuni. 

Namoyishchilarni tarqatishda xavfsizlik kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar, esankiratuvchi granatalar va rezina o‘qlardan foydalanyapti. Undan tashqari keng ko‘lamli hibsga olishlar ham qo‘llanilmoqda. 

“Vesna” inson huquqlarini himoya qilish markaziga ko‘ra, kecha, 15 noyabr kuni namoyishchilarning 1100 dan ortig‘i kuchishlatar tuzilmalar tomonidan hibsga olingan. Belarus IIV Matbuot xizmati esa hibslanganlar 700 nafardan ziyodligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, saylovdan bir necha kun o‘tib Litvaga ketgan muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya namoyishlarni faol qo‘llab kelmoqda. Joriy yilning 13 oktyabr kuni Tixanovskaya Lukashenkogo nisbatan "ultimatum" e’lon qildi.  Uning muddati 26 oktyabrga kelib tugadi va Minskda yana namoyishlar boshlandi.


Muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya endilikda Prezident Aleksandr Lukashenko va uning tarafdorlari rejimini jazolash uchun xalq tribunali tuzilganini va 20 dekabr kuni xalq ayblovi bilan eng katta yurish o‘tkazilishini ma’lum qilgan

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing