Belarus yana bir xalqaro musobaqadan mahrum qilindi

Sport 2073
image

Zamonaviy Pentatlon Xalqaro Ittifoqi shu yil iyun oyida Minskda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Jahon chempionatini boshqa mamlakatda o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda ittifoqning rasmiy sayti xabar berdi.

Ittifoq Belarusdagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borganliklarini va yaqin vaqtgacha musobaqa o‘tkaziladigan joyni boshqa joyga ko‘chirishni istamaganliklarini ta’kidlagan. Biroq, oxir-oqibat, ijroiya qo‘mita a’zolari chempionatni keyinchalik boshqa mamlakatda o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan.

“Ijroiya qo‘mita batafsil muhokamadan so‘ng Minskdagi Jahon kubogini keyingi kunga qoldirishga ovoz berdi, mezbon mamlakatda beqarorlik musobaqa muvaffaqiyatiga tahdid solishi mumkin”, deydi ittifoq rahbari Klaus Shormann.

Shormanning ta’kidlashicha, musobaqa qoldirilishining asosiy sabablaridan biri ba’zi ishtirokchi mamlakatlar Belarusga sportchilarni yuborishdan bosh tortishi edi. Shuningdek, u Ijroiya qo‘mita Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasiga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarini hisobga olganini ta’kidlagan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 39
Reyting: 3.1
t
×