Belarus to‘satdan qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirmoqda

Olam

image

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning topshirig‘i bilan Davlat kotibiyati qo‘shinlarning jangovar shayligini to‘satdan tekshira boshladi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Tekshiruvlar keng qamrovli bo‘ladi. Qo‘shinlar imkon qadar tezroq belgilangan hududlarga o‘tishlari, muhandislik jihozlarini ishga tushirishlari, xavfsizlik va mudofaa ishlarini tashkil etishlari, Neman va Berezina daryolari orqali ko‘prik o‘tish joylarini qurishlari kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda harbiy texnika va shaxsiy tarkibni olib o‘tish, ayrim umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab fuqarolarning harakatlanishini (transportini) vaqtincha cheklash ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing