Belarus Rossiyaning “Iskandar” raketa tizimlari foydalanishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Rossiya Belarusga joylashtirgan “Iskandar” taktik raketa tizimlari va S-400 havo mudofaa tizimlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga to‘liq tayyor. Bu haqda Belarus mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi.

“Harbiy xizmatchilarimiz, ekipajlarimiz Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi qurolli kuchlarining qo‘shma jangovar tayyorgarlik markazlarida o‘quv mashg‘ulotlarini to‘liq yakunladi”, deydi vazirlik qoshidagi Mafkura bosh boshqarmasi boshlig‘i Leonid Kasinskiy Telegram’da e’lon qilingan videoda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin iyun oyida Moskva Minskni ular va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bilan ta’minlashini aytganidan so‘ng, yadroviy qurol olib yurishga qodir bo‘lgan “Iskandar” tizimlarining nechtasi Belarusga joylashtirilgani noma’lum.

“Bu turdagi qurollar (“Iskandar” va S-400 tizimlari) bugungi kunda jangovar navbatchilikda bo‘lib, ular o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga to‘liq tayyor”, deb qo‘shimcha qildi Kasinskiy.

Bu xabar Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishiga yordam berishi uchun Minskka bosim kuchayib borayotgan bir paytda tarqatildi.

Qayd etilishicha, Rossiya kuchlari fevral oyida Ukraina poytaxti Kiyevga hujumi uchun Belarusdan raketa maydonchasi sifatida foydalangan. So‘nggi oylarda Rossiya va Belarus harbiy faolligi tobora kuchayib bormoqda.

Kasinskiy, shuningdek, mamlakat harbiy samolyotlari “maxsus aviatsiya o‘q-dorilari”ni tashuvchi qurilmaga aylantirilganini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, NATO tomonidan “SS-26 Stone” kodi berilgan “Iskandar-M” mobil raketa tizimi hisoblanib, u Sovet Ittifoqining “Skad” raketa tizimi o‘rnini egallagan. Uning ikkita boshqariladigan raketalari 500 kilometrgacha masofaga ucha oladi va oddiy yoki yadroviy kallaklarni olib yurishi mumkin.

S-400 tizimi – bu samolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar, qanotli raketalarni jalb qila oladigan va ballistik raketaga qarshi mudofaa qobiliyatiga ega bo‘lgan rus mobil, yer-havo raketalarini tutib olish tizimi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing