Belarus Rossiyaga ergashib safarbarlik e’lon qiladimi? Lukashenko javob berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakatda harbiy safarbarlik bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda “BelTA” agentligi xabar bermoqda.

“Hech qanday safarbarlik bo‘lmaydi. Biz safarbarlik e’lon qilmoqchi emasmiz. Bu – yolg‘on”, deydi Lukashenko.

Shu bilan birga, u Belarus ehtimoliy tahdid va terrorchilik harakatlariga urinishlarga, albatta, javob berishini ta’kidlagan.

“Buning uchun xalq militsiyasi ishtirokida odamlar o‘z burchlarini bilishlari va zarur harbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun muntazam ravishda turli xil mashqlar bajariladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng, Belarus fuqarolari orasida mamlakatda safarbarlik e’lon qilinishini haqida gaplar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing