Belarus inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan muloqotni to‘xtatmoqda

Olam

image

Belarus inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan muloqotni to‘xtatadi. Bu haqda bugun, 17 noyabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin aytib o‘tdi. Vazirning so‘zlarini “SB.Belarus segodnya” gazetasi keltirmoqda.

Makeyning aytishicha, uchrashuv chog‘ida Lukashenko Belarus-Yevropa Ittifoqi doirasida o‘zaro hamkorlikning turli masalalari, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilishni muvofiqlashtiruvchi guruhining faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

“Biz hech qachon nozik masalalarni muhokama qilishdan bosh tortmaganmiz. Ammo bugun biz bu masalalar butunlay siyosiylashtirilganini ko‘rib turibmiz. Shuning uchun Yevropa Ittifoqi bilan inson huquqlari bo‘yicha muloqotni davom ettirishda hech qanday ma’no ko‘rmayapmiz”, deydi vazir.

Vladimir Makey, shuningdek, Prezident bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi “Sharqiy sheriklik” dasturi doirasida bir qator infratuzilma, mintaqalararo loyihalarni siyosiylashtirishga urinishlari sababli Belarus ushbu loyihadagi ishtirok etish darajasini tushirishini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, kecha joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Belarus Prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko g‘alabasiga qarshi boshlangan namoyishlarning 100-kunida belaruslik nafaqaxo‘rlar ruxsatsiz yana bir norozilik namoyishini o‘tkazishdi.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing