Belarus chegarasiga biror kishi oyoq bosmasligi kerak — Lukashenko

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik kuchlariga chegaralar daxlsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda u bugun, 5 avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat chegarasini buzilishi va uni qo‘riqlash ishlari, shuningdek, mamlakat chegarasidagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tgan. 

BelTAning xabar berishicha, Prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga chegara buzilishi, xususan,  janubiy va g‘arbiy chegara hududlarida qo‘riqlash ishlarini yanada kuchaytirishni topshirdi.

“Bundan buyon, Belarus hududiga qo‘shni davlatlardan, xoh janubdan, xoh g‘arbdan bo‘lsin, biror  kishi  oyoq bosmasligi kerak”, degan Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Belarus 2020 yilning 30 oktyabr kuni Litva, Latviya, Polsha va Ukraina bilan chegaralarini yopib, bu davlatlar fuqarolarining kirishini taqiqlagandi. Lukashenko bu qarorni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash chorasi sifatida qabul qilingani bilan izohlagan.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing