Belarus bir qancha davlatlardagi elchixonalarini yopadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Dunyoning bir qancha mamlakatlarida Belarus elchixonalari yopilishi mumkin. Bu haqda jurnalistlarga mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qildi.

“Ko‘p yillardan beri faoliyati tashqi iqtisodiy daromad keltirmayotgan kamida bir nechta mamlakatlardagi o‘z elchixonalarimizni yopamiz”, deydi Makey.

Mamlakat TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bir qator mamlakatlarda elchixonalarni yopishga qaror qilinganiga qaramay, Belarus istiqbolli mintaqalarda o‘z ishtirokini kengaytirishga e’tibor qaratadi.

Shu bilan birga, u chet el vakolatxonalarining umumiy soni va ularni moliyalashtirish ko‘paymasligini ta’kidlagan.

“Biz bir mintaqada 10 ta elchixonani yopib, darhol boshqa mintaqada 10 tasini ochmoqchi emasmiz, bunday narsa yo‘q. Bosqichma-bosqich odimlaymiz. Biz Prezidentimizga o‘z faoliyatimiz strategiyasi haqida xabar berdik, umuman olganda u qo‘llab-quvvatladi”, deydi Makey.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusning 183 ta davlat bilan diplomatik aloqasi bor. Shu bilan birgalikda mamlakatning dunyo bo‘ylab 70 ta vakolatxonasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing